1. OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga xavfli yo‘l qismiga yaqinlashayotganligi haqida axborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora ko‘rishni talab qiladi.
1.1. “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi”.
1.2. “Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi”.
1.3.1. “Bir izli temir yo‘l”.
1.3.2. “Ko‘p izli temir yo‘l”
1.3.1. — bir izli temir yo‘l, 1.3.2. — ikki va undan ortiq izli temir yo‘l belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.4.1 — 1.4.6. “Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv”.
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.5. “Tramvay yo‘li bilan kesishuv”.
1.6. “Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi”.
1.7. “Aylanma harakatlanish bilan kesishuv”.
1.8. “Svetofor bilan tartibga solish”. Harakatlanish svetofor bilan tartibga solinadigan chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki yo‘l qismini bildiradi.
1.9. “Ko‘tarma ko‘prik”. Ko‘tarma ko‘prik yoki solda kesib o‘tish.
1.10. “Sohilga chiqish”. Daryo yoki suv havzasi qirg‘og‘iga chiqishni bildiradi.
1.11.1, 1.11.2. “Xavfli burilish”. 1.11.1 — o‘ngga, 1.11.2 — chapga yo‘l belgilari yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.
1.12.1, 1.12.2. “Xavfli burilishlar”. 1.12.1 — birinchi burilish o‘ngga, 1.12.2 — birinchi burilish chapga yo‘l belgilari yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qismini bildiradi.
1.13. “Tik nishablik”.
1.14. “Tik balandlik”.
1.15. “Sirpanchiq yo‘l”. Qatnov qismi o‘ta sirpanchiq bo‘lgan yo‘l qismi.
1.16. “Notekis yo‘l”. Qatnov qismi notekis bo‘lgan yo‘l (o‘nqir-cho‘nqir, o‘ydim-chuqur joylar, ko‘prikning yo‘lga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.
1.17. “Tosh otilishi xavfi”. Transport vositasining g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh va shunga o‘xshashlarning otilib chiqish ehtimoli bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.18.1 — 1.18.3. “Yo‘lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — o‘ngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish”. Yo‘lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi.
1.20. “Piyodalar o‘tish joyi”. 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
1.22. “Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv”.
1.23. “Ta’mirlash ishlari”.
1.24. “Mol haydab o‘tish”.
1.25.1. “Yovvoyi hayvonlar”.
1.25.2. "Pastlab uchuvchi qushlar".
1.25.3. “Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar”.
1.26. “Toshlar tushishi”. Tosh ko‘chishi, surilishi va tushishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.27. “Yonlama shamol”.
1.28. “Pastlab uchuvchi samolyotlar”.
1.29. “Tunnel” Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtog‘ining ko‘rinishi cheklangan tunnelni bildiradi.
1.30. “Boshqa xavf-xatarlar”.
Ogohlantiruvchi belgilarda ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.31. “Sun’iy yo‘l notekisligi”. Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
1.31.1, 1.31.2. “Burilishning yo‘nalishi”. Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish yo‘nalishini va yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.3. “Burilishning yo‘nalishi”.
T-simon chorrahada yoki yo‘l ayrilishlarida harakatlanish yo‘nalishini, ta’mirlanayotgan yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.32. “Tirbandlik”. Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
1.33. “Qatnov qismi kesishmasi hududi”.
1.30 yotiq chizig‘i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish, agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi.
1.34. “Diqqat, boshqariladigan to‘siq”. Ushbu yo‘l belgisi boshqariladigan to‘suvchi qurilmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.35. “Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud”.
1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi. Zaruriyat bo‘lganda, bu belgilar 7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisisiz) o‘rnatilishi mumkin.
1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.
2. IMTIYOZ BELGILARI
Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.
2.1. “Asosiy yo‘l”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi.
Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi.
2.2. “Asosiy yo‘lning oxiri”.
2.3.1. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv”.
2.3.2, 2.3.3. “Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv”. 2.3.2 — tutashuv o‘ngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.4. “Yo‘l bering!”. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.5. “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
2.6. “Ro‘para harakatlanishning ustunligi”. Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz”. Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
3. TAQIQLOVCHI BELGILAR
Taqiqlovchi belgilar yo‘l harakatiga ayrim taqiqlar, muayyan cheklovlar kiritadi yoki ularni bekor qiladi.
3.1. “Kirish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”. Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.3. “Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan”.
3.4. “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan”. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5. “Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan”.
3.6. “Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan”. Traktorlar va o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.7. “Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan”. Yuk avtomobillari va traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini shatakka olish taqiqlanadi.
3.8. “Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan”. Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, chorva (poda) haydab o‘tish taqiqlanadi.
3.9. “Velosipedda harakatlanish taqiqlangan”. Velosipedda va mopedda harakatlanish taqiqlanadi.
3.10. “Piyodaning harakatlanishi taqiqlangan”.
3.11. “Vazn cheklangan”. Haqiqiy umumiy vazni belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.12. “O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan”. Har qanday o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irlik belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.13. “Cheklangan balandlik”. Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.14. “Cheklangan kenglik”. Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.15. “Cheklangan uzunlik”. Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.16. “Eng kam oraliq”. Belgida ko‘rsatilganidan kam bo‘ylama oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.
3.17.1. “Bojxona”. Bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o‘tib ketish taqiqlanadi.
3.17.2. “Xavf-xatar”. Yo‘l-transport hodisasi, avariya, yong‘in yoki boshqa xavf-xatar vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining bundan keyin harakatlanishi taqiqlanadi.
3.17.3. “Nazorat joyi”. Transport vositalarining tekshirib o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan vaqtincha yoki doimiy nazorat punktlarida o‘rnatiladi.
Ushbu yo‘l belgisi 2.5 yo‘l belgisi bilan birga o‘rnatilishi mumkin.
3.18.1. “O‘ngga burilish taqiqlangan”.
3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.
3.19. “Qayrilish taqiqlangan”.
3.20. “Quvib o‘tish taqiqlangan”. Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. “Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.22. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan”. To‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23. “Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri”.
3.24. “Yuqori tezlik cheklangan”. Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.25. “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri”.
3.26. “Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan”. Yo‘l transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.
3.27. “To‘xtash taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”. Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.29. “Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.30. “Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.29 va 3.30 belgilari qatnov qismining qarama-qarshi tomonlarida bir vaqtda o‘rnatilganda, qatnov qismining har ikkala tomonida soat 19:00 dan 21:00 gacha to‘xtab turishga ruxsat etiladi (joyini o‘zgartirish vaqti).
3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.32. “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.33. “Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan”.
3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari ta’sir oralig‘ida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
3.27. belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi;
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi.
3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi.
Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi bilan;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining ta’sir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan 3.24 belgisini o‘rnatish bilan;
3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oralig‘i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig‘i bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin, bunda belgilarning ta’sir hududi yo‘l chizig‘i uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomonida o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning ta’siri faqat o‘sha tomonga amal qilinadi.
4. BUYURUVCHI BELGILAR
Buyuruvchi belgilar muayyan harakatlanish tartibini belgilaydi yoki bekor qiladi.
4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”.
4.1.2. “Harakatlanish o‘ngga”.
4.1.3. “Harakatlanish chapga”.
4.1.4. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga”.
4.1.5. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga”.
4.1.6. “Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”.
Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).
4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi.
4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.
Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4.2.1. “To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish”.
4.2.2. “To‘siqni chapdan aylanib o‘tish”. Faqat ko‘rsatkich ko‘rsatgan tomondan aylanib o‘tish ruxsat etiladi.
4.2.3. “To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish”. Har tomonidan aylanib o‘tish ruxsat etiladi.
4.3. “Aylanma harakatlanish”. Ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanish ruxsat etiladi.
4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi.
Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
4.5. “Velosiped yo‘lkasi”. Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
4.6. “Piyodalar yo‘lkasi”. Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
4.6.1. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”.
4.6.2. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.3. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.4. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.6. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.8. “Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”.
4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi”. “Xavfli yuk” tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
5. AXBOROT-KO‘RSATGICH BELGILARI
Axborot-ko‘rsatgich belgilari ma’lum harakat tartiblarini kiritadi yoki ularni bekor qiladi, hamda aholi punktlari va boshqa manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot beradi.
5.1. “Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘lni bildiradi.
5.2. “Avtomagistralning oxiri”.
5.3. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
5.4. “Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri”.
5.5. “Bir tomonlama harakatli yo‘l”. Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismi.
5.6. “Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri”.
5.7.1, 5.7.2. “Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish”. Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish.
5.8.1. “Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
5.8.2. “Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yo‘lning chetki chap bo‘lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin o‘rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.
5.8.3. “Tasmaning boshlanishi”. Yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismi.
Agar belgiga 4.7 “Eng kam tezlik” belgisining tasviri tushgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.
5.8.4. “Tasmaning boshlanishi”. Uch tasmali yo‘llarda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta tasma qismining boshlanishi.
5.8.5. “Tasma oxiri”. Balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning yoki tezlanish tasmaning oxirini bildiradi.
5.8.6. “Tasma oxiri”. Uch tasmali yo‘llarda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta tasma qismining oxirini bildiradi.
5.8.7, 5.8.8. “Tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo‘lsa, unda bu tur transport vositasining tegishli tasmada harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
5.8.7 va 5.8.8 belgilari yo‘nalishlar soniga ko‘ra to‘rt va undan ortiq tasmali yo‘llarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.
5.9. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasma”. Transport vositalari yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasmani bildiradi.
Belgi qaysi tasma ustida joylashgan bo‘lsa, shu tasmaga tatbiq etiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan belgining ta’siri o‘ng tasmaga tatbiq etiladi.
5.10.1. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘l”. Yo‘nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan tasmani bildiradi.
5.10.2, 5.10.3. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish”.
5.10.4. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lning oxiri”.
5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.
5.11.2. “Qayrilib olish oralig‘i”. Qayrilib olish oralig‘ining uzunligini bildiradi. Chapga burilish taqiqlanadi.
5.12. “Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joyi”.
5.13. “Tramvay to‘xtash joyi”.
5.14. “Yo‘nalishsiz taksilar to‘xtab turish joyi”.
5.15. “To‘xtab turish joyi”.
5.15.1. “Pullik to‘xtab turish joyi”.
5.15.2 Yer usti avtomobil qo‘yish joyi.
5.15.3 Yer osti avtomobil qo‘yish joyi.
5.15.4 Elektr quvvatlashli avtomobil qo‘yish joyi.
5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar o‘tish joyi”. O‘tish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizig‘i bo‘lmaganda 5.16.2 belgisi yo‘ldan o‘ng tomonga o‘tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga o‘tish joyining orqa chegarasiga o‘rnatiladi.
5.17.1, 5.17.2. “Piyodalarning yer ostidan o‘tish joyi”.
5.17.3, 5.17.4. “Piyodalarning yer ustidan o‘tish joyi”.
5.18. “Tavsiya etilgan tezlik”. Yo‘lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qo‘llansa, uning ta’sir oralig‘i xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.
5.19.1 — 5.19.4. “Oxiri berk yo‘l”. Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.
5.20.1, 5.20.2. “Yo‘nalishlarning dastlabki ko‘rsatkichi”. Belgida ko‘rsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yo‘nalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan bo‘lishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining xususiyatlari to‘g‘risida axborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan bo‘lishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi o‘rnatilgan joydan chorrahagacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. 5.20.1 belgisi yo‘lning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri o‘rnatilgan qismlarini aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish uchun ham qo‘llaniladi.
5.20.3. “Harakatlanish chizmasi”. Chorrahada ayrim yo‘nalishlarda harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa harakatlanish yo‘nalishi yoki murakkab chorrahalarda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.20.4. “Yo‘llarining bir sathda kesishmaydigan qismlarida burilish yoki qayrilib olish yo‘nalish ko‘rsatkichi”. Avtomobil yo‘llarning bir sathda kesishmaydigan qismlarida yer ostidan yoki yer ustidan transport vositalarining burilish va qayrilib olish yo‘nalishini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
5.20.5 Xizmat ko‘rsatish maydoni.
5.21.1. “Yo‘nalish ko‘rsatkichi”.
5.21.2. “Yo‘nalishlar ko‘rsatkichi”. Ko‘rsatilgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan bo‘lishi mumkin.
5.22. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.23. “Aholi punktining oxiri”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.
5.24. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.25. “Aholi punktining oxiri”. 5.24 yo‘l belgisi bilan ko‘rsatilgan aholi punktining oxirini bildiradi.
5.26. “Manzil nomi”. Aholi punktlaridan boshqa manzillarning nomini bildiradi (daryo, ko‘l, dovon, xushmanzara joy va boshqalar).
5.27. “Masofalar ko‘rsatkichi”. Yo‘nalish bo‘yicha joylashgan aholi punktlarigacha bo‘lgan masofani bildiradi (km).
5.28. “Kilometr belgisi”. Yo‘lning boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi (km).
5.29.1, 5.29.2. “Yo‘l raqami”. 5.29.1 — yo‘lga berilgan raqam, 5.29.2 — yo‘lning raqami va yo‘nalishini bildiradi.
5.30.1 — 5.30.3. “Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo‘nalishi”. Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o‘ziyurar moslamalarga biror yo‘nalishda harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yo‘nalishlari ko‘rsatadi.
5.31. “Aylanib o‘tish tasviri”. Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish chizmasi.
5.32.1 — 5.32.3. “Chetlab o‘tish yo‘nalishi”. Harakatlanish vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
5.33. “To‘xtash chizig‘i”. Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan yo‘nalishini bildiradi.
5.34.1, 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi”. Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.35. “Reversiv harakatlanish”. Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.
5.36. “Reversiv harakatlanishning oxiri”.
5.37. “Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish”.
5.38. “Turar joy dahasi”. Yo‘l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.
5.39. “Turar joy dahasining oxiri”.
5.40. “Falokatli holatlar uchun kirish yo‘li”. Yo‘l harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda ko‘rsatilgan holatlarda foydalaniladigan yo‘l.
5.41. “Foto va video qayd etish”.
Yo‘llarda avtomobil haydovchilari Qoidalar talabiga rioya etishi elektron qurilmalar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi Qoidalar talabiga rioya etilishi statsionar elektron qurilmalar orqali nazoratga olingan joylarga o‘rnatiladi.
5.42. “Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish”. Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
5.43. “Radar”. Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi.
Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi statsionar maxsus texnika vositalari yordamida nazoratga olingan joylarga o‘rnatiladi.
Shuningdek, viloyat, tuman, shaharlar boshlanadigan joylardagi ko‘cha va yo‘llarda harakatlanish tezligi mobil radarlar yordamida nazorat qilinayotganligi to‘g‘risida haydovchilarni ogohlantirish maqsadida o‘rnatilishi mumkin.
5.44. “Velosipedchilar uchun tasma”.
5.45. “Velosipedchilar uchun tasmaning oxiri”.
5.46 “Maktab”. Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi.
5.47. “Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi” Turizm obyektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm obyektlari ramziy belgilari tasvirlangan bo‘lishi mumkin.
5.47.1 “Turizm obyektlari”.
5.47.2 “Turizm axborot markazi”.
Aholi punktlaridan tashqarida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil yoki ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.
Oq rang ko‘rsatilgan obyekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.
Aholi punktida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil, ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqqandan so‘ng avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko‘rsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.
6. SERVIS BELGILARI
Servis belgilari tegishli obyektlar joylashuvi haqida ma’lumot beradi.
6.1. “Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi”.
6.2. “Shifoxona”.
6.3.1. “Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi”.
6.3.2. "Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi".
6.3.3. "Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi".
6.4. “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi”.
6.5. “Avtomobillarni yuvish joyi”.
6.6. “Telefon”.
6.7. “Oshxona”.
6.8. “Ichimlik suvi”.
6.9. “Mehmonxona yoki motel”.
6.10. “Kemping”.
6.11. “Dam olish joyi”.
6.12. “YPX maskani”.
6.13. “Avtotashuvchilarning nazorat punkti”.
6.14. “Hojatxona”.
6.15. “Chiqindi yig‘ish joyi”.
6.16. "Cho‘milish havzasi".
6.17. "Ichki ishlar bo‘limi".
6.18. "Radio aloqasi".
6.19. "Jome’ masjidi".
6.20. "Cherkov".
6.21. "Ibodatxona".
6.22. "Temir yo‘l vokzali".
6.23. "Aeroport".
6.24. "Bozor".
6.25. "Turistik axborot markazi".
6.26. "Qo‘riqxona".
6.27. "Manzarali joy".
6.28. "Me’morchilik yodgorligi".
7. QO‘SHIMCHA AXBOROT BELGILARI
Qo‘shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo‘llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qo‘llaniladi.
7.1.1. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.1.2. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, 2.4. yo‘l belgisi bilan o‘rnatilib, chorrahagacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.1.3, 7.1.4. “Obyektgacha bo‘lgan masofa”. Yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofani bildiradi.
7.2.1. “Ta’sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining ta’sir oralig‘ini ko‘rsatadi.
7.2.2 — 7.2.6. “Ta’sir oralig‘i”.
7.2.2 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’siri saqlangan oraliqni ko‘rsatadi.
7.2.3 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’sir oralig‘i oxirini ko‘rsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga o‘xshash joylar chetida to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining ta’sir oralig‘i va yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.3.1 — 7.3.3. “Ta’sir yo‘nalishlari”. Chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning ta’sir yo‘nalishini yoki bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.4.1 — 7.4.10. “Transport vositasining turi”. Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi.
7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yo‘nalishsiz taksilarga, shuningdek, to‘liq vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
7.5.1. “Shanba, yakshanba va bayram kunlari”.
7.5.2. “Ish kunlari”.
7.5.3. “Hafta kunlari”. Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi ko‘rsatilgan.
7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.5.5 — 7.5.7. “Amal qilish vaqti”. Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini bildiradi.
7.7. “Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan belgilangan to‘xtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan to‘xtab turishiga ruxsat etilganligini ko‘rsatadi.
7.8. “Pulli xizmat ko‘rsatish joyi”. To‘lov asosida xizmat ko‘rsatilishini bildiradi.
7.9. “To‘xtab turish muddati cheklangan”. 5.15 belgisi o‘rnatilgan to‘xtab turish joyida transport vositalari to‘xtab turishining eng ko‘p muddatini ko‘rsatadi.
7.10. “Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi”. 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko‘rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11. “Ruxsat etilgan to‘la vazni cheklangan”. Belgining ta’siri ruxsat etilgan to‘la vazni qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lgan transport vositalariga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
7.12. “Xavfli yo‘l yoqasi”. Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo‘llaniladi.
7.13. “Asosiy yo‘lning yo‘nalishi”. Chorrahada asosiy yo‘lning yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.14. “Harakatlanish tasmasi”. Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish bo‘lagini ko‘rsatadi.
7.15. “Ko‘zi ojiz piyodalar”. 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan birga qo‘llaniladi, piyodalar o‘tish joyidan ko‘zi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
7.16. “Nam qoplama”. Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini ko‘rsatadi.
7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
7.19. “Foto va video qayd etish”. Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
7.20. “Xavfli yuk toifasi”. Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini ko‘rsatadi.
7.21. “Evakuator ishlamoqda”. 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 “To‘siq”. Haydovchilarga to‘siqning uzoqdan ko‘rinishini ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. 4.2.1 — 4.2.3 yo‘l belgilari bilan birgalikda o‘rnatiladi.
7.23. “Navbat bilan o‘tish”.
7.24. “Transport vositasining davlat raqami”.
7.25. “Faqat xizmat avtomobillari”.
7.26 “Sun’iy notekislik”.
Qo‘shimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yo‘l yoqasining, trotuarning tepasiga o‘rnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtincha (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo‘l belgilari vaqtincha yo‘l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo‘l belgilari sariq rangda bo‘ladi.
TRANSPORT SVETOFORLARI
Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi:
ishoralari tik joylashgan;
ishoralari yotiq joylashgan;
qo‘shimcha tarmoqli;
harakatlanishni ma’lum yo‘nalishlarda tartibga soluvchi;
reversiv;
tramvay va yo‘nalishli boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi;
temir yo‘l kesishmalarda harakatlanishni tartibga soluvchi;
tartibga solinmagan chorraha va piyodalar o‘tish joylarini belgilaydigan;
korxona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatlanishni tartibga soluvchi.
PIYODALAR SVETOFORLARI
Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi:
ishoralar tik joylashgan;
tovush ishorali;
qo‘l bilan boshqariladigan;
piyodalar harakatini tartibga soluvchi;
Elektron tablo yordamida boshqariladigan piyodalar svetofori;
VELOSIPEDCHILAR SVETOFORLARI
Belgilangan tartibda o‘rnatilgan elektron yo‘l belgilari odatdagi yo‘l belgilari bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi.
YOʻL BELGILARI
OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR